✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12762,7 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 2 942,0 mlrd. so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,6 %ni tashkil etdi.