✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yilning 1-dekabr holatiga Farg‘ona viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 702,9 mlrd. so mni tashkil etdi.
Qurilish ishlari 2020-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 153,4 %ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2020- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 3,4 % punktga ko‘payib, 11,8 %ni tashkil etdi.