Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-may oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 673,7 ming AQSH dollari qiymatida 1,5 ming tonna rediska eksporti amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda o‘sish sur’ati 76,2 % ni tashkil etgan.