23/12/2021

✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yilning 1-dekabr holatiga Farg‘ona viloyatining korxonalari tomonidan 24 392,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 📊 2020-yilning yanvar-noyabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,8 %ni tashkil etdi.

👇Shundan:
🟣Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati - 115,7 mlrd. so‘m
🟣Ishlab chiqaradigan sanoat – 22 845,0 mlrd. so‘m
🟣Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 1288,1 mlrd. so‘m
🟣Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish vautilizatsiya qilish - 143,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.