01/10/2022

1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan statistika tizimida uzoq yillar mobaynida mehnat qilib, xozirgi kunda nafaqa gashtini surayotgan mehnat faxriylari Sh. Muhitdinov, S.Shamshidinov, L.Molchanova, R. Lutfulina, F.Sotvoldiyevalarni mazkur bayram bilan tabriklab, hollaridan xabar olindi.

Shu fursatdan foydalanib, barcha faxriylarimizni, statistika tizimida uzoq yillar davomida mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarimizni 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni bilan yana bir-bor tabriklaymiz. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz!

 

photo2022-10-0312-12-23
photo2022-10-0312-12-38
photo2022-10-0312-12-42
photo2022-10-0312-12-28
photo2022-10-0312-12-32

Axborot xizmati.