Joriy yilning 30-dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan o‘quv seminarida boshqarma bosh yuriskonsulti o‘tgan hafta davomida amaldagi qonunchilikka kiritilgan, sohaga oid hamda xodimlarning taklifi bilan ayrim normativ-huquqiy xujjatlar mazmun va mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. U jumladan:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabr kunidagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-son,
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabr kunidagi “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-427-son,
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2022-yil 9-dekabr kunidagi “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 66-son buyrug‘i,
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabr kunidagi “Yaratilgan yangi ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 717-son,
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabr kunidagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-447-son,
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabr kunidagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son farmoni,
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 22-dekabr kunidagi “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi 31-mh-son buyrug‘i,
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-448-son qarorlarining mazmun va mohiyati tushuntirildi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachidan tashqari, boshqarma boshlig‘i Sh.Mamadaliyev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari F.Yakubov va E.Ro‘ziboyev, boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ya.Esonmirzayev, bo‘lim boshliqlari J.Akbarov, U.Sobirov va boshqarma axborot xizmati bosh mutaxassisi B.Maqsudovalar tegishlicha javoblar berib o‘tdilar.
Axborot xizmati.