So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 13-mart  kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi boshlig‘i M.Turg‘unova, bosh mutaxassisi N.Mahmudova  hamda Toshloq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i M.Ahrorovlar ishtirokida Toshloq tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.

Joriy yilning 14- mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev hamda  Yozyovon tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Toshmirzayev bilan birgalikda Yozyovon tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. 

Joriy yilning 14-mart kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov hamda Toshloq tumani statistika bo‘limi boshlig‘I M.Ahrorovlar ishtirokida Toshloq tumani dehqon bozorining 5-narx o‘rtacha xaftalik kuzatuvlari yuzasidan dislokatsion nuqtalarga chiqib, bozordagi narxlarining ko‘rsatkichlari va shaffofligi kuzatildi hamda narxlarni planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.

2023- yilning 1- mart holatiga Farg‘ona viloyatida jami 2 905 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, so‘ngi besh yilga (2 555 ta) nisbatan 350 taga ko‘paygan. Bundan tashqari 2023- yilning fevral oyida 80 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi tomonidan joylarda uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 14- mart kuni  ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirokida Marg‘ilon shahar “Terak-tagi” mahalla fuqarolar yig‘iniga Press-tur tashkil etildi.

2023- yilning fevral oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 1 289 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Joriy yilning 13-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi L.Omonov tomonidan Furqat tumani “Ingichka” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan ko‘chalar nomi belgilarining ilinganligi hamda raqamlanmagan uylarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2023- yilning fevral oyida jami 1 289 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Joriy yilning 11-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi boshlig‘i M.Turg‘unova, mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi N.Mahmudova hamda Toshloq tumani statistika bo‘limi boshlig‘I M.Ahrorovlar ishtirokida Toshloq tumani dehqon bozorida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. 

2023- yil yanvar oyida import tarkibida mashinalar va  transport-asbob uskunalari hajmi 24,5 million AQSH dollarini tashkil etib,  oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 13,4 %ga koʻpaydi va importning  umumiy hajmidagi ulushi 27,1 %ga yetdi.

2023- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 155 tani tashkil etib, 2023- yilning fevral oyida bu sohada 17 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Joriy yilning 13-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i H.Nortojiyev hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.No‘monovalar ishtirokida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2023- yil yanvar oyida meva va sabzavotlar eksportining qiymat jihatidan eng katta hajmi Rossiya Federatsiyasiga to‘g‘ri keldi (meva va sabzavotlar  eksporti umumiy hajmining 48,3 %i), Qozog‘istonga eksport hajmi  39,6 %ga  teng.

Joriy yilning 11-mart  kuni Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi F.Qo‘chqorova ishtirokida Uchko‘prik tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida un va un mahsulotlaridan tayyorlangan mahsulotlar, mevalar, sabzavotlar, tuxum va boshqa mahsulotlarining o‘rtacha bir kunlik sotilgani miqdori va hajmi o‘rganildi.

2023-yil 1-mart holatiga Bag‘dod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2171tani tashkil etdi. Otgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,3 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 10-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshligining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, Quvasoy shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Niyozovlar ishtirokida Quvasoy shahar chorva va parranda bozorida savdo qiluvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. 

Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 6,5 mln. AQSH dollari qiymatidagi 10,0 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilindi. Bunda 2022-yilning mos davriga nisbatan 60,5 %ga ko‘paydi.