Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning barcha hududlaridauy xo‘jaliklari so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 24-sentabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi R.Bahobov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Quva tumanidagi “Bahor” MFYda istiqomat qiluvchi M.Xoliqovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazilib, fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.