01/05/2023

Joriy yilning 1-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov tomonidan Uchko‘prik tumani yoshlar sport maktabi jamoasi ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda aholini ro‘yxatga olishning mohiyati-mazmuni, uning asosiy maqsadi va vazifalari haqida so‘z yuritildi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob qaytarildi.