27/11/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-noyabr holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 43 741 tani tashkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, savdo sohasi 34,2 foizlik ulush bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni sanoat (16,6 foiz) va qurilish (6,1 foiz) sohalari egallagan.

 Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida:

 Savdo — 14 968 ta;

 Sanoat — 7 247 ta;

 Qurilish — 2 658 ta;

 Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar — 2 557 ta;

 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 2 046 ta;

 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 1 759 ta;

 Tashish va saqlash — 1 681 ta;

 Axborot va aloqa — 894 ta;

 Boshqa faoliyat turlari — 9 931 ta.