04/05/2023

2023- yil yanvar-mart oyi yakuni bo‘yicha 24,4 mln. AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 18,9 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 78,6 % ga kamaydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (44,9 %), paxtadan gazlamalar (13,4 %) va trikotaj mato (17,0 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 127 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 20 ta davlatiga eksport qilindi.