05/05/2023

Kuni kecha viloyat statistika boshqarmasida “Ochik eshik”lar kuni o‘tkazildi. Bu kuni Farg‘ona Davlat Universitetining “Geografiya” yo‘nalishidagi 3- bosqich  talabalari  tashrif  buyurdilar. Tadbirda boshqarma axborot xizmati bosh mutaxassisi B.Maksudova tomonidan talabalarga boshqarmada faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoq bo‘limlarining ish faoliyati bilan tanishtirib, u xususan  O‘zbekistonda so‘nggi yillarda statistika tizimini tubdan takomillashtirish, chet el statistikasida keng qo‘llanilayotgan, xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan statistika tahlili, ko‘rsatkichlari, baholash mezonlari va hisobot shakllarini zamonaviy usullarda amaliyotga joriy etish to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng  talabalar tomonidan berilgan savollar mutaxassislar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

photo2023-05-0517-36-25
photo2023-05-0517-36-29
photo2023-05-0517-36-31
photo2023-05-0517-36-34