19/05/2023

Joriy yilning  19-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari B.Ahadjonov  va G‘.Mamajonovlar tomonidan Marg‘ilon shahar  “Uzumzor” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarning sohiblari bilan yakkama-yakka suhbat qurib, uylarni raqamlashtirish bo‘yicha tushuntirishlar o‘tkazildi hamda  ko‘cha nomi belgilarining ilingangigini, notuirar obyektlarini xarita bilan solishtirishishlari ishlari amalga oshirildi.