Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yil 1- avgust holatiga Beshariq tumanida 1 468 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.
Sanoat: 1 037,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, fizik hajm indeksi 111,2 % ni tashkil etdi.
Xizmatlar: bozor xizmatlari hajmi 890,4 mlrd so‘m, o‘sish sur’ati 121,0 %.
Savdo: chakana savdo aylanmasi 113,1 %, ulgurji savdo aylanmasi 165,6 % ni tashkil etdi.
Qurilish: 647,7 mlrd so‘mlik ishlar bajarilib, o‘sish sur’ati 111,4 % bo‘ldi. Qurilish ishlari hajmi: yirik tashkilotlar — 9,4 mlrd so‘m, kichik korxona va mikrofirmalar — 563,8 mlrd so‘m, norasmiy sektor — 74,5 mlrd so‘m.
Ko‘rsatkichlar Beshariq tumanida iqtisodiy faollik barqaror o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda.




