09/08/2023

Joriy yilning 9-avgust kuni Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limida yangi qabul qilingan qonunlar bilan tanishtirishga bag‘ishlangan seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Seminarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi yuriskonsulti A.Nurmatov ochib, seminar qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 03-iyuldagi “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ–850-sonli yangi tahrirdagi Qonuni qabul qilinganligi va unga ko‘ra, Qonun bilan raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanganligi, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi (monopoliyaga qarshi organ) hisoblanishi, monopoliyaga qarshi komplayens tushunchasi kiritilganligi, monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash va boshqa shu kabi ma’lumotlar haqida keng va atroflicha ma’ruza qildi.