Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylari yakunlariga ko‘ra Beshariq tumanining doimiy aholisi 252 022 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 foizga oshganini ko‘rsatadi.
Tumanning demografik tarkibida erkaklar va ayollar soni deyarli teng:
Erkaklar – 127 911 nafar
Ayollar – 124 111 nafar
Aholining 87 758 nafari shahar hududlarida, 164 264 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.
Joriy yilning dastlabki uch oyida tumanda 1 117 ta tug‘ilish qayd etildi. Shu davrda 258 ta o‘lim holati ro‘yxatga olingan bo‘lib, tabiiy o‘sish ijobiy ko‘rsatkichni saqlab qolmoqda.
Yanvar–mart oylarida 325 ta nikoh tuzilgan bo‘lsa, 61 ta nikoh bekor qilingan.




