11/08/2023

Joriy yilning 11-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi “huquq” soati bo‘yicha o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotda boshqarma tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Nurmatov o‘zining slaydli maʼruzasi bilan qatnashib, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning  2022-yil 28-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-798-son Qonunining mazmun va mohiyati haqida tushuntirish berdi. 

Qonunga ko‘ra, Yangi Mehnat kodeksi xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.

 Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga, tashkilotlarning kuzatuv kengashlari a’zolariga, mazkur tashkilotning xodimlari bo‘lmagan taftish komissiyalari a’zolariga, fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida ishlarni bajarayotgan shaxslarga, agar qonunda belgilangan bo‘lsa, boshqa shaxslarga tatbiq etilmasligi haqida ma’ruza qildi. Shu bilan birga asosiy prinsiplar belgilanmoqda, unga ko‘ra,  yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash, mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik, mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi kabi asosiy prinsiplari belgilanligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.