24/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga Farg‘ona viloyatida 33,3 mingta faol tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat - 24 372 tasi yoki 72,6 foizi shaklida tashkil etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich MChJni tadbirkorlik subyektlari orasida eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakl ekanligini ko‘rsatadi.

Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllar bo‘yicha taqsimoti:

Xususiy korxonalar - 4 937 ta

Oilaviy korxonalar - 3 832 ta

Aksiyadorlik jamiyatlari - 40 ta

Boshqa tashkiliy-huquqiy shakllar - 375 taga to‘g‘ri keldi.

Ushbu ma’lumotlar viloyatda tadbirkorlik faoliyatini yuritishda mas’uliyati cheklangan jamiyat shakli eng ommabop va ustun tashkiliy-huquqiy shakl ekanligini tasdiqlaydi.