25/10/2023

 

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 57,8 % to‘g‘ri kelib, 2022- yilning yanvar- sentabr oylariga nisbatan 4,1 punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 106,9 %ni tashkil etgan holda 4162,4 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.