Выберите любой текст и нажмите на иконку, чтобы прослушать!

03/12/2024

Joriy yilning 29-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi "Temir yo‘l transporti to‘g‘risida"gi O‘RQ-1006-son Qonunining mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Mazkur qonunga ko‘ra, temir yo‘l transporti sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, temir yo‘l transporti faoliyati qonuniylik, xavfsizlik, ochiqlik va shaffoflik, barqarorlik, ekologik jihatdan tozalik, temir yo‘l transporti xizmatlarining qulayligi va sifati, temir yo‘l transporti infratuzilmasidan foydalanishdagi tenglik, temir yo‘l transporti infratuzilmasining yaxlitligi va uzluksiz ishlashini ta’minlash kabi asosiy prinsiplarga tayanishi, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari temir yo‘l transporti xodimlarining tashish jarayoni bilan bog‘liq faoliyatiga aralashishga hamda ularni boshqa ishlarga jalb etishga haqli emasligi belgilanganligi, temir yo‘l qatnovlari va tashishlar ichki qatnovlar, xalqaro qatnovlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralash qatnovlar, tranzit tashishlar, maxsus tashishlar kabi turlarga bo‘linganligi, yo‘lovchi o‘zi bilan birga alohida joy berilmagan holda besh yoshgacha bo‘lgan bir bolani, 36 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan qo‘l yukini va nogironligi bo‘lgan shaxslar qo‘shimcha ravishda shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan texnik yordamchi (kompensatorli) vositalarni va maxsus harakatlanish vositalarini bepul olib yurish huquqiga ega ekanliklari, umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transportida yuklarni tashish tariflari, yo‘lovchilarni tashish, bagaj va yuk bagajini tashish , pochta va kurerlik jo‘natmalarini tashish tariflari bo‘yicha ish faoliyatini tashkil etilishi, temir yo‘l transporti xodimlarining intizomi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinishi belgilanganligi, tashish jarayonini markazlashtirilgan holda uzluksiz boshqarishni ta’minlash maqsadida, ularning joylashgan yeridan qat’i nazar, mamlakatda amal qiluvchi yagona hisoblash-hisobot vaqti – Toshkent vaqti belgilanganligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, kun tartibiga qo‘yilgan korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Unda ma’ruzachi, korrupsiyaga qarshi kurasish madaniyati shakllanmagan jamiyatda adolatsizlik va jinoyatlar odat tusiga aylanishi, shu sababli ham har bir demokratik davlat o‘z rivojlanish konsepsiyasida ishbu illatga qarshi kurashishga qaratilgan choralarni ko‘rishi, O‘zbekistonda bu borada bir nechta samarali tashabbuslarni amalga oshirilganligi, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilinganligi, milliy qonunchilik ishlab chiqilganligi, davlat organlariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda kelib chiqadigan korrupsiyaviy xatarlarni baholash tizimi joriy etilganligi, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va shu kabi boshqa bir qancha loyihalar amalga oshirilganligi haqida so‘z yuritildi.


Axborot xizmati.

We are offline - Send us an email
Sorry, we are not online at the moment. Leave a message and we will get back to you.
Please give us some info to serve you better.
×
File size larger than 50 Mb
×
File type not allowed
Send chat transcript to your email:
×
Transcript sent!
Are you sure you want to close this chat?
Thank you. We would appreciate it if you could rate this chat

No, thanks
Выбирайте и слушайте