Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–fevral oylarida hududdan xorijga 4 260,4 tonna karam yetkazib berilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 2 698,7 ming AQSH dollarini tashkil etgan. Mazkur natija o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 319,4 tonnaga ko‘proqni tashkil etib, eksport hajmining barqaror o‘sayotganini ko‘rsatadi.




