Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–fevral oylarida hududdan xorijga 960,3 tonna pomidor yetkazib berilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 1040,4 ming AQSH dollarini tashkil etgan. Mazkur natija o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 355 tonnaga ko‘proqni tashkil etib, eksport hajmining barqaror o‘sayotganini ko‘rsatadi.




