21/02/2025

Joriy yilning 20-fevral kuni Q‘oqon shahridagi 36-umumiy orta ta’lim maktabining pedagog xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarni Qo‘qon shahar statistika bo‘limi boshlig‘i N.Hamedov qatnashib, ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayoni 3- bosqichda o‘tkazilishi haqida to‘xtalib, ushbu jarayonda olingan ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda asosiy manbaa bo‘lib xizmat qilishi haqida axborot berdi.