Joriy yilning 11-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-aprel kungi “Qishloq ho‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-136-son hamda 2025-yil 09-apreldagi “Respublika va mahalliy hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 212-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’ruzasi tinglandi. Xususan, qarorga ko‘ra, 2025–2026- yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar 2025- yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini jami 3,5 milliard AQSh dollariga yetkazish, 2025- yil yakunigacha 8 ta davlatga yangi 30 turdagi mahsulotlar eksporti uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini olishi, istiqbolli bozorlarga 2025- yilda 442 million AQSh dollari, 2026- yilda 575 million AQSh dollari miqdoridagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportini ta’minlash, 2025- yilda hududlarda jami 2,1 million tonna meva-sabzavot mahsulotlari uchun qadoqlar ishlab chiqarish bo‘yicha 40,5 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish kabi vazifalar belgilanganligi, 2028- yil 1 yanvargacha meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy qadoqlarda realizatsiyaga chiqaradigan hamda barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlar uchun foyda solig‘i va o‘zlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz etib belgilanganligi, har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda zamonaviy qadoqlangan meva-sabzavot mahsulotlarini soliq davrida realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 50 foizini tashkil etganda, 2027-yil 1-aprelgacha dukkakli mahsulotlarni ekish, yig‘ib olish va saralash uskunalari importi uchun bojxona bojining 1 foizlik stavkasi qo‘llanishi haqida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, 2025- yil 1- maydan e’tiboran respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyati Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan baholab borilishi, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari rahbarlari ushbu qaror talablari asosida Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyadan o‘tkazilishi, qaror bilan “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari to‘g‘risida”gi Namunaviy Nizom tasdiqlanganligi, ushbu Nizom respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarining vazifalari va funksiyalari, faoliyatini tashkil etish tartibini hamda ularga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, bo‘linma rahbari lavozimiga, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, kamida 2 yil mehnat stajiga ega, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘zlashtirgan, inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish hamda axborot xavfsizligi va shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, buyuk sarkarda Amir Temurning hayoti, siyosiy va ijtimoiy faoliyati, boshqaruv tizimi, davlat tizimini mustahkamlash, mamlakat himoyasini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlari haqida to‘xtaldi. O‘zbek milliy davlatchiligi taraqqiyotidagi Temuriylar davrining o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati haqida so‘z yuritildi.