Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-oktabr oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 86,2 mln AQSH dollari qiymatidagi 82,4 ming tonna uzum eksportini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 17,3 ming tonnaga ko‘pdir.




