27/11/2025

Joriy yilning 21-noyabr kuni Toshloq tumani adliya bo‘limida tuman mahalla fuqarolar yig‘inlarining faol ayollar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, xafta davomida qabul O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni va xafta davomida qabul O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respubyulikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-348-son Qarorlarining mazmun-mohiyatini yuzasidan ma’ruza qildi. U xususan, O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha respublika? Viloyat hamda shahar va tuman komissiyalari tuzilganligi, ro‘yxatga olish tadbiri “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 1-martgacha bo‘lgan davrda jalb etish orqali o‘tkazilishi, bunda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda mas’ul idoralar bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini planshetlardan foydalangan holda ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishini ta’minishi haqida so‘z yuritdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabr kuni “O‘zbekiston Respubyulikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-348-son qarorida 2030-yilgacha turizm sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib, turizm sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgacha yetkazish, chet ellik turistlarning yillik sonini amaldagi 10 mlndan 20 mlngacha yetkazish belgilanganligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi turizm sohasini tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanishi, 2026–2028 yillarda Samarqand shahridagi eng muhim tarixiy obyektlarni bog‘lovchi 6,6 km uzunlikdagi turistik marshrutni tashkil etish bo‘yicha “Samarqandning meros yo‘li” loyihasi, Xiva shahridagi Ichan-qal’a majmuasini jahonda yagona bo‘lgan immersiv va “aqlli” muzey-shahariga aylantirish loyiha va chora-tadbirlar amalga oshirilishi shu va boshqa ma’lumotlarga ham to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaysliklari, davlatimiz rahbari ko‘plab ma’ruza va chiqishlarida loqaydlik, beparvolik, poraxo‘rlik, korrupsiya, soxtakorlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilishga qarshi kurash butun jamiyatning maqsadiga aylanishi kerakligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tganligi haqida so‘z yurutildi.