Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga O‘zbekiston tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 654 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 163 tani tashkil etdi.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 54 ta
Sanoatda – 359 ta
Qurilishda - 40 ta
Savdoda – 550 ta
Tashish va saqlashda – 54 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 87 ta
Axborot va aloqa – 11 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 66 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 433 taga to‘g‘ri keldi.