“Yangi Farg‘ona” gazetasining navbatdagi sonida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyevning “Statistika — raqamlar to‘plami emas, balki boshqaruv qarorlarining ishonchli asosi” mavzusidagi maqolasi chop etildi.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026- yil 10- sentabrdagi “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–190-son Farmonining mazmun va mohiyati ochib berilgan. Shu bilan birga statistikaning jamiyat va iqtisodiyotdagi o‘rni, ishonchli va sifatli statistik ma’lumotlarning boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyati, shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritilgan.





