15/09/2025

Joriy yilning 15- sentabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi M. To‘xtamatov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona tumaniga qarashli “Hosilot” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi O. Akbarovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida respodentga tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.