16/09/2025

    Joriy yilning 12-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti A. Nurmatovga berdi  va  xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabr kunidagi “Islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning mas’uliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-161-son Farmoni hamda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi “Cud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-270-son qarorlarining mazmun-mohiyatini va ahamiyatini yuzasidan ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida, vazirlik va idoralar, agar ularga qonun hujjatlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Hukumat qarorlari bilan tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlar berilgan bo‘lsa, idoraviy hujjatlar qabul qilishi mumkinligi, idoraviy hujjatlarni qabul qilish uchun yuqoriroq yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli hujjatni qabul qilish vakolati aniq yozib qo‘yilgan bo‘lishi talab etilmayotganligi, idoraviy hujjatlarga, qonunchilikda belgilangan holatlardan tashqari, shaxslarga yangi imtiyoz hamda javobgarlik choralarini belgilaydigan, amaldagi tartib-taomillarni asossiz murakkablashtiradigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklaydigan, asoslanmagan qo‘shimcha xarajat va to‘lovlarni, yangi turdagi soliq va yig‘imlarni, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etadigan qoidalarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydigan  hsu va boshqa ma’lumotlar bilan tanishtirildi. Shu bilan birga, sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish orqali tadqiqotlarning tezkorligi, xolisligi va to‘liqligini ta’minlash, sud-ekspertiza tashkilotlari va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali sohada elektron hujjatlar almashinuvi hajmini 100 foizga yetkazish ko‘zda tutilganligi,  sudlar, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati organlar bilan elektron hujjatlar almashinuvini ta’minlovchi “E-ekspertiza” axborot tizimi sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga to‘liq joriy etilishi haqida ham atroflicha tushuncha berildi.