02/10/2025

    Joriy yilning 29-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti A. Nurmatovga berdi  va  xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Xususan, u o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi va “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligi holati, tarkibi hamda aholini ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash istiqbollarini baholash tizimini yaratish uchun zarur ma’lumotlar bazalarini shakllantirish maqsadida mazkur farmon qabul qilinganligi, O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkazilishi, mazkur  tadbir ikki boshqichda amalga oshirilishi haqida shu va boshqa ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari,  kun tartibiga qo‘yilgan ikkinchi masalal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabr kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-288-son qarori qabul qilinganligi, qarorga ko‘ra, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarining bajarilishini monitoring qilishga nodavlat notijorat tashkilotlar jalb etilib, ular tomonidan muqobil baholash tizimi yo‘lga qo‘yilishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yili 1-aprelgacha Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashga NNTlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi loyihalari va ularni tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan moliyalashtirish yuzasidan takliflari, korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki, jumladan, ular tomonidan amalga oshirilgan loyiha, tadqiqot va o‘rganishlar to‘g‘risida axborotni kiritib borishi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Yuksalish” harakati va “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining ular muassisligida  “Korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazi” nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilishi haqida shi va boshqa ma’lumotlarga ham to‘xtalib o‘tildi.