22/09/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–iyul oylarida viloyatda 952,7 mlrd so‘mlik kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatildi.

 Mazkur xizmatlar hajmi 2025- yilning mos davriga nisbatan 12,2 % ga oshdi.

 Ushbu xizmatlar kompyuter va aloqa vositalari, maishiy texnika hamda kundalik foydalaniladigan boshqa buyumlarni ta’mirlash yo‘nalishlarini qamrab oladi.