10/11/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida viloyatda ulgurji savdo tovar aylanmasi 34 270,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 11,6 foizga oshdi.

 Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdodagi ulushi yuqori bo‘lib, ular tomonidan 32 278,2 mlrd so‘mlik tovar aylanmasi amalga oshirildi. Bu jami ulgurji savdo hajmining 94,2 foizini tashkil etdi.

 Kichik biznes subyektlari ulgurji savdo aylanmasining o‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 108,3 foizga yetdi.

 So‘nggi uch yilda ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi:

 2024-yil — 14 807,5 mlrd so‘m;

 2025-yil — 28 991,5 mlrd so‘m;

 2026-yil — 34 270,2 mlrd so‘m.