10/11/2026

Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan sabzi mahsulotlari xorijiy bozorlarga eksport qilinmoqda.

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga 14,2 ming tonna sabzi eksport qilinib, uning umumiy qiymati 4,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

 E’tiborlisi, eksport qilingan sabzi hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,5 ming tonnaga ko‘paydi.

 Mazkur natijalar Farg‘ona viloyatida sabzi eksporti hajmi ortganini ko‘rsatmoqda.