Joriy yilning 16- iyun kuni barcha joylardagi kabi Oltiariq tumaniga qarashli maktabgacha ta‘limmuassasalari bo‘limi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Oltiariq tumani statistika bo‘limi mutaxassisi B.Siddiqov ishtirokchilarga, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik o‘ziga xosliklar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni olish, xulosa va tahlillar qilishga imkoniyat yaratilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati