17/06/2021

Joriy yilning 17-iyun kuni, Bag‘dod tumaniga qarashli “Kia Kids” maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda, Bag‘dod tumani statistika bo‘lim mutaxassisi K.Imomov qatnashdi.

photo2021-06-1717-38-52
photo2021-06-1717-38-47
photo2021-06-1717-38-52 photo2021-06-1717-38-47

U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  710-sonli Qarorining mazmun va mohiyati haqida tushuncha berib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida ma’lumot berdi.

Axborot xizmati.