Joriy yilning 22- iyun kuni O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari bo‘lim va bo‘linmalarida faoliyat yurituvchi katta hisobchi va iqtisodchilarni malakasini oshirish maqsadida “Moliya va buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish uslublari” mavzusida Fargo‘ona shahar “Aziya” mehmonxonasi majlislar zalida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda viloyat statistika boshqarmasidan bo‘lim boshlig‘i J.Artikov “Hisobot topshiruvchi tashkilotlarning yillik statistik hisobotlardagi o‘zgarishlar hamda E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizimi orqali hisobot taqdim etish tardibi hamda uning afzaliklari” mavzusida taqdimot hamd ma‘ruzasi bilan qatnashdi. Mavzu mohiyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari bo‘lim va bo‘linmalarida faoliyat yurituvchi katta hisobchi va iqtisodchilariga E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizimi orqali statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini atroflicha tushuntirib berdi.
Taqdimot so‘ngida seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga statistika boshqarmasi mutahassisi tomonidan tegishli javoblarni oldilar.
Axborot xizmati.