11/08/2021

Uy xo‘jaligi va oilalarning tarkibini mutlaqo turli nuqtai nazarlardan o‘rganish mumkin.Uy xo‘jaliklariga tegishli belgilarni ko‘rib chiqishda uy xo‘jaligi va oilalarga tegishli turli kontseptsiyalar bilan tanishib chiqish zarur. Ro‘yxatga olish dasturidagi bir qator belgilar (avtoulov va maishiy qulayliklarning borligi kabi) individual daraja maʼlumotlariga emas, ko‘proq oila yoki uy xo‘jaligi darajasining maʼlumotlariga taalluqli. Ko‘p mamlakatlarda oila va uy xo‘jaliklarining tashkil topish modeli evolyutsiyani boshdan kechirmoqda, shu sababdan, ro‘y berayotgan strukturaviy o‘zgarishlarni o‘rganish juda muhim.

“Odatiy yashash joyi” belgisini uy xo‘jaligi aʼzoligini aniqlash uchun asos sifatida ishlatish tavsiya qilinadi. Аgar faqat yuridik yashash joyi to‘g‘risida maʼlumot mavjud bo‘lsa (yaʼni odatiy yashash joyi haqida maʼlumot bo‘lmasa), bu maʼlumot shu shart bilan ishlatilishi mumkinki (boshqa manbalar bilan birga yoki alohida), u odatiy yashash joyini yetarlicha aniq aks ettiradi.

Xususiy uy xo‘jaligining mazkur kontseptsiyasi “xo‘jalikni birgalikda yurgizish” kontseptsiyasi nomi bilan mashhur va xususiy uy xo‘jaliklarining soni yashash birliklarining soniga teng bo‘lishini nazarda tutmaydi. Bu kontseptsiya doirasida tegishlicha holatlarda “pansioner” va “kvartirant” atamalari o‘rtasidagi farqni belgilash foydali. Pansionerlar xususiy uy xo‘jaligida ovqatlanishi va odatga ko‘ra u yerdagi barcha jihozlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Shu sababli, ular uy xo‘jaligining aʼzosi sifatida, quyida keltirilgan taʼrifga ko‘ra qaralishi lozim. Kvartirantlar boshqa tomondan o‘zining shaxsiy foydalanishi uchun yashash birligining biror qismini ijaraga oladi. Shunga ko‘ra, ular boshqa uy xo‘jaligi tarkibiga kiritiladi, hatto bitta yashash birligida birga istiqomat qilsa ham.

Аyrim davlatlar, ehtimol, “xo‘jalikni birgalikda yurgizish” kontseptsiyasi asosida uy xo‘jaligi to‘g‘risida maʼlumot to‘play olmasligi mumkin, masalan, ular o‘tkazayotgan ro‘yxatga olish registrlarga asoslansa. Bunday davlatlarning ko‘pchiligi boshqa kontseptsiya, yaʼni “birgalikda yashash” kontseptsiyasidan foydalanishadi, unda bitta yashash birligida yashovchi hamma shaxslar aynan bitta uy xo‘jaligi aʼzolari hisoblanadi, va shu o‘rinda bitta uy xo‘jaligi bitta yashash birligini egallaydi, deb tushuniladi va egallanadigan yashash birliklari u yerdagi uy xo‘jaliklari soniga teng bo‘ladi.

 

Аlisher Аbdurazakov,

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining

“Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i