09/09/2021

Oltiariq tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan joriy yilning 9-sentabr kuni “Poloson” mahalla fuqarolari yig‘ini xodimlari va mahalla faollari uchun "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar davomida Oltiariq tumani statistika bo‘limi mutaxassisi B.Siddiqov ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda,  aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish  bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda hamda ushbu omil jamiyat taraqqiyotining negiziga aylanishi shubhasiz ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Seminar qatnashchilari o‘zlarining  qiziqtirgan savollariga qoniqarli javob oldilar.

photo2021-09-0917-10-57
photo2021-09-0917-10-54
photo2021-09-0917-10-59
photo2021-09-0917-10-57 photo2021-09-0917-10-54 photo2021-09-0917-10-59

Oltiariq tumani statistika bo‘lim.