Joriy yilning 9- sentabr kuni tumanga qarashli 13-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda tumani statistika bo‘limi mutaxassisi B.Siddiqov aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, yaxshilash onalar va bolalar salomatligini jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida keng va atroflicha tushuncha berdi.
Oltiariq tumani statistika bo‘limi.