13/09/2021

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga 2021-yilning 23-avgustidagi O‘zbekistondagi JDS Loyihasi idorasining (JICE) Yaponiya xalqaro hamkorlik markazidan yuborilgan R-012-08/21-sonli xatiga asosan, Yaponiyada magistraturada o‘qish uchun 2021-yil 18-avgustdan boshlab 15-oktabrgacha 2021-yili JDS Loyihasining stipendiyasiga izlanuvchilarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

JDS Loyihasining maqsadi O‘zbekiston hukumatiga davlat idoralari uchun muhandislik, biznesni boshqarish, huquq, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va ta’lim kabi sohalarda kadrlarni tayyorlashda yordam berishdir.

Shu bilan birga, JDS Loyihasi bo‘yicha raqobat tanlovida ishtirok etish uchun ariza hujjatlarini to‘ldirish va topshirish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadida, (JICE) Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi tomonidan 2021-yil 31-avgustdan 21-oktabrgacha ZOOM platformasida veb-seminarlar o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Veb-seminarlar haqida batafsil ma’lumotni olish va ularda ishtirok etishga ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi veb-sahifaga tashrif buyurishingiz mumkin: www.jds-scholarship.org .

 

Axborot xizmati