So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-mart oylarida 1,2 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, har 1 000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,2 promilleni tashkil etgan hamda 2023- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 0,2 promillega kamayganligi kuzatildi (2023- yilning yanvar-mart oylarida 1,4 promille bo‘lgan).

2024- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 3,6 trln. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 94,1 %ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2023- yilning tegishli davriga nisbatan103,2 %ni tashkil qildi.

2024-yil yanvar- mart holatiga, Marg‘ilon shahri bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 86,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. Otgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 101,4 %ni tashkil etdi.