01/05/2024

2024-yil yanvar- mart holatiga, Marg‘ilon shahri bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 86,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. Otgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 101,4 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Go‘sht tirik vaznda – 1,8 ming tonna
Sog‘ib olingan sut hajmi – 1,0 ming tonna
Olingan tuxum soni – 1 419 ming dona
Yirik shoxli qoramollar – 11,0 ming bosh
Sigirlar – 2,8 ming bosh
Qoy va echkilar – 15,2 ming bosh
Otlar – 89 bosh
Parrandalar – 235,7 ming boshni tashkil etdi.