01/05/2024

Joriy yilning 1-may kuni Quvasoy shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi E.Rahmonov hamda Kadastr palatasi Quvasoy shahar bo‘limi mutaxassisi bilan hamkorlikda Quvasoy shahar, “Moyan” MFY, “Oltin vodiy” va “Bosh ko‘prik” ko‘chalarida joylashgan xonadonlarida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.


Axborot xizmati.