So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 12-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i  A.Pazilov hamda Quvasoy shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Niyozovlar ishtirokida Quvasoy shahar dehqon bozorining 5-narx o‘rtacha xaftalik kuzatuvlari yuzasidan dislokatsion nuqtalarga chiqib, bozordagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi kuzatildi  va narxlarni planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yil yanvar-fevral oylari holatiga Bag‘dod tumanining tashqi savdo aylanmasidagi hajmi 9,9 mln.AQSh dollarini tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 4,1 m.ga

2023- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 173 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-mart oylarida bu sohada 30 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Joriy yil 11-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Sanoat statistikasi” bo‘limi boshlig‘i  O‘.Umarov hamda Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Tojimatovlar tomonidan Marg‘ilon shahrida ishlab chiqarish faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning ishlab chiqarish faoliyati kuzatildi.    

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yil yanvar-fevral oylari holatiga Buvayda tumanining tashqi savdo aylanmasidagi hajmi 4,1 mln.AQSh dollari miqdorida qayd etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 75,6 %ni tashkil etdi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi L.Omonov Oltiariq tumani  “Oqbo‘yra” mahalla fuqarolar yig‘inining vakili bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni xarita bilan solishtirish ishlarini amalga oshirdilar.

2023- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 8 385 tani tashkil etib, so‘ngi uch yilda 6,7 foizga oshdi.

2023-yil yanvar-fevral oylarida import tarkibida sanoat mahsulotlari tovarlari hajmi 43,7 mln.AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,8 %ga kamaydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 23,3 %ga yetdi.

I. Qarorning maqsadi

Ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini taʼminlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay sharoitlar va ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy qilishdan iborat.

2022-yil yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida YaHM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 1,2 f.p., sanoat tarmog‘i – 0,9 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,8 f.p., xizmat ko‘rsatish tarmog‘i – 1,4 f.p. va mahsulotga sof soliqlar – 0,3 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi.

Joriy yilning 11- aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, mazkur bo‘limning mutaxassisi G‘.Mamajonov hamda Farg‘ona shahar “Besh bola” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan ko‘chalar nomi belgilarining ilinganligi hamda raqamlanmagan uylarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

Joriy yilning 11-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshligining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pozilovlar tomonidan Marg‘ilon shahrida «12-narx iste’mol» oylik kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib,  narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi.

2023- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 843 tani tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 231 taga oshdi. 2023- yilning yanvar-aprel oylarida bu sohada 197 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2022- yilida Farg‘ona viloyati bo‘yicha 11-sinfni bitirgan o‘quvchilar soni (jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktablar va sinflar o‘quvchilarisiz) 29 595 tani tashkil etdi.

2023- yil yanvar-fevral oylarida mashina va transport asbob-uskunalari importi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 9,9 mln.AQSH dollariga kamaydi. Ushbu tovarlarni Farg‘ona viloyatiga yetkazib berishning asosiy qismi XXR—24,4 mln.AQSH dollari, Turkiya —4,7 mln.AQSH dollari va Germaniya–3,9 mln.AQSH dollari kabi davlatlarga toʻgʻri keldi.

Farg‘ona viloyatida 2023- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra 36 368 ta tijorat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2022-yilida Farg‘ona viloyati bo‘yicha 9-sinfni bitirgan o‘quvchilar soni (jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktablar va sinflar o‘quvchilarisiz) 56 014 tani tashkil etdi.

2023- yil yanvar-fefral oylarida import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 47,8 mln.AQSH dollarini tashkil etib, 2022-yilning shu davriga nisbatan 17,1 %ga kamaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 25,5 %ga yetdi.