Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan hududiy statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini tuzish tartibi” mavzusida vebinar tashkil etildi. Vebinarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarorida aholini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va tashkiliy rejasini tuzish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.