So'nggi yangiliklar

2023-yil yanvar-mart oylarii holatiga Marg‘ilon shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 230 tani tashkil etib, ular tomonidan 242,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Sharopov tomonidan chorva bozorlarida 12-bozor (oylik) chorva va parrandalarni sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.

2023-yil yanvar-mart oylari holatiga Farg‘ona viloyatida jami 1720,1 mlrd.  so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan 104,5 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 25- aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov tomonidan Marg‘ilon shahridagi “Toshloq tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan ko‘chalar nomi belgilarining ilinganligi hamda raqamlanmagan uylarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

Joriy yilning 20-aprel  kuni  Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi  R.Sharopov tomonidan  Farg‘ona shahar  dehqon bozorida 12-bozor (oylik)  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma  o‘tkazildi.

 

2022/2023-o‘quv yilining boshiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida jami 38 268 talaba qizlar ta’lim olmoqda. Bu umumiy soniga nisbatan 53,0 foizni tashkil etdi.

Farg‘ona viloyatida 2023-yil yanvar-mart oylariga aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi 1682,1 ming so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 20-aprel kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i  Sh. Mamadaliyev, "Narx statistikasi" bo‘limi boshlig‘i A.Pazilov hamda Quva tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi H.Akramovlar tomonidan «12-narx iste’mol» oylik kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi hamda ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi. 

2023-yil yanvar-mart oylari holatiga Beshariq tumani korxonalari tomonidan 230,5 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 102,2 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 20- aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, mazkur bo‘limning mutaxassislari G‘. Mamajonov, L.Omonovlar tomonidan Yozyovon tumani “Ishtirxon” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan ko‘chalar nomi belgilarining ilinganligi hamda raqamlanmagan uylarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023-yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 6 703,8 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 101,4 % ni tashkil etdi.

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-aprel holatiga viloyatimizda 2019-yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 122,1 foizni tashkil etdi.

2022/2023-o‘quv yilining boshiga Farg‘ona viloyatida oliy ta’lim muassasalarida jami 72 239 talaba tahsil olgan bo‘lib, shundan 9620 ta talaba davlat granti asosida ta’lim olmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi "O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-144-son Farmonining 2-ilova bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 37-bandi ijrosini taminlash maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari  tomonidan Favqulotda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan 2022-yilda “Aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakat qilishga mustaqil o‘rgatish uchun mo‘ljallangan “Zilzila mobile” mobil ilovani  o‘zining mobil telefonlariga yuklab olib, hozirda mustaqil ravishda o‘rganmoqdalar.

Joriy yilning 19-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G.Mamajonov tomonidan Furqat tumani “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlanmagan uylarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. 

Viloyatimizda 2023- yilning yanvar-mart oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2 230 tani tashkil etib, ularning yillar kesimida dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

Joriy yilning 18-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov, mazkur bo‘limning birinchi toifali mutaxassisi G‘.Mamajonovlar tomonidan O‘zbekiston tumani “Sochtepa” MFYda mahalla faollari bilan hamkorlikda xonadonlarni raqamlashtirish, ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, noturar joy obyektlar yuzasidan mahalla xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2022/2023-o‘quv yilining boshiga Farg‘ona viloyatida oliy ta’lim tashkilotlari soni 11 tani tashkil etib, unda jami 72 239 talaba tahsil olmoqda.