So'nggi yangiliklar

2023-yil 1-fevral holatiga Oltiariq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 746 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistikasi to‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasiga asosan Farg‘ona tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Imatov tomonidan tumandagi “O‘zbekiston” MFY, “Terakzor” ko‘chasi, 155 "A"-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro E.Do‘lanov xonadonida tanlanma kuzatuv o‘tkazildi.

2023-yil yanvar oyi holatiga Farg‘ona viloyatida 11789 ta sanoat korxonalari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib ulardan 10070 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023- yilning yanvar oyiga kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 58,3 %i to‘g‘ri kelib, 2022- yilning yanvar oyiga ko‘rsatkichiga nisbatan 9,3 foizga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning mos davriga nisbatan 60,6 %ni tashkil etgan holda 200,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

2023-yil yanvar oyi holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 430,7 ming. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 85,7 %ni tashkil etdi.

2023-yil 1-fevral holatiga Dang‘ara tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 789 tani tashkil etdi.

Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan.

 Joriy yilning 24-fevral kuni Farg‘ona viloyati Statistika boshqarmasida navbatdagi “huquqiy savodxonlik” soati yuzasidan boshqarma tarmoq bo‘limlari xodimlari ishtirokida o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

2023-yil yanvar oyi holatiga Qo‘qon shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 347 tani tashkil etib, ular tomonidan 34,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 87,5 %ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar oyi holatiga viloyat bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 35,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan 89,4 %ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2022- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 2,2 % punktga ko‘payib, 10,3 %ni tashkil etdi.

2023- yil yanvar oyi holatiga So‘x tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 21,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur‘ati 104,9 %ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar oyi holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 133,4 ming.so‘m bo‘lgani holda 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 95,9 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 24-fevral kuni Beshariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Orifjonov tomonidan “Dala Hamid Olimjon” MFY, “Munavvar” ko‘chasi, 174-uy sohibi I.Karimov ishtirokida xo‘jalik usulida qurilgan, ya’ni pudrat tashkiloti jalb qilinmagan holda yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvi ishlari olib borildi.

2023-yil yanvar oyi holatiga Farg‘ona viloyati kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 832,7 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 49,1 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 24-fevral kuni Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi boshlig‘i E.Abdukarimov tomonidan Qo‘shtepa tumani, “Qorakaltak” MFY, “Shaftoli bog‘” ko‘chasi, 4 “A” hamda 135-uy sohiblari H.Qurbonov va A.Mahmudovlar ishtirokida xo‘jalik usulida qurilgan, ya’ni pudrat tashkiloti jalb qilinmagan holda yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvi ishlari olib borildi.

2023- yil yanvar oyi holatiga Rishton tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 53,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur‘ati 104,6 %ni tashkil etdi.

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 525,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 97,8%ni, uning jami sanoatdagi ulushi 31,0%ni tashkil etdi.

2023-yil 1- fevral holatiga Quva tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 683 tani tashkil etdi.