01/07/2024

2024-yil yanvar-may oylari holatiga Farg'ona viloyati bo'yicha 118,3 mln. AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Umumiy eksportning 46,2 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 1,2 % ga kamaydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida paxta ip (65,7 %), trikotaj mato (4,2%) va tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari (19,3 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 91 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 23 ta davlatiga eksport qilindi.