01/07/2024

 2024-yilning yanvar-may oylari holatiga Farg'ona viloyati bo'yicha xizmatlar eksporti hajmi 3,7 mln. AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 1,4 % ini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 34,0 % ga o‘sdi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi safarlar (turizm) (17,6%), transport (54,3 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (7,6 %) va moliyaviy xizmatlar (20,6 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.